Bo‘kada yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni bosib ketdi
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida “Isuzu” yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib yubordi.

Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berishicha, tibbiy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ushbu fuqaroning shaxsiga va o‘lim holatiga avtomashina urib ketishi sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Qochib ketgan haydovchini aniqlash yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Hodisa sodir bo‘lgan kunning ertasi kuni gumondor va mashina topildi. Gumondor shaxs 1994 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, hodisani o‘ziga tegishli Isuzu mashinasida sodir qilgani ma’lum bo‘ldi.
“Qorong‘i yo‘lda o‘zimga tegishli o‘ng tomon yo‘lakda 60 tezlikda ketayotgandim. Fuqaro chiziqdan sal beriroqda o‘tirib olgandi. Oldida narsalari sochilib yotgandi. 5 metr masofa qolgandi, aylanib o‘tdim, tegmadi deb o‘ylagandim. Qo‘rqib ketdim, baqirib yubordim. Tegmadi deb o‘ylab ketdim”, deydi hodisani sodir etgan haydovchi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117 (xavf ostida qoldirish) va 266-moddalariga (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida qutqaruvchilar togʻda adashib qolgan ikki fuqaroga yordam berdi Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Ohangaron daryosidan qum-shag‘al qazib olgan shaxs 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazildi Toshkent shahri va viloyatidagi 70 ta issiqxonada nostandart qozonxonalardan foydalanilgani aniqlandi Tovoqsoy qamoqxonasida mahkumni devor bosib qoldi
Soʻnggi yangiliklar







