24 Oktabr 2024, 08:53 Oʻzbekiston

Blogerni sud zalidan chiqarib yuborgan sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Ushbu xizmat tekshiruvi Farg‘ona viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati tomonidan o‘tkaziladi.

Blogerni sud zalidan chiqarib yuborgan sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi ochiq sud majlisidan blogerni haydab chiqargani haqida xabar tarqaldi.

Unda aytilishicha, bloger sudya D.Ismatullayeva raisligida ko‘rib chiqilayotgan fuqarolik nizosiga doir sud majlisi jarayonini videotasvirga olishni so‘rab iltimosnoma kiritgan. Iltimosnomani joyida ajrim chiqarib, rad qilishdan tashqari, sudya blogerni ham sud majlisidan chiqarib yuborgan.

“Daryo” manbasiga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Aytilishicha, xizmat tekshiruvi Farg‘ona viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati tomonidan o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Mashhur yangiliklar