O‘zbekiston

Biroz sovuq va changli shamol: 5-oktyabr uchun ob-havo

Sinoptiklar yog‘ingarchilikni bashorat qilishmayapti.

5-oktyabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 21-23° bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
  • tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Максим Каневский
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная