Biroz sovuq: 19-noyabr uchun ob-havo
Tog‘larda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.

19-noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 6-8, kunduzi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz iliq hafta kutayotgani xabar qilingandi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izohlar