Birinchi sinfga qabul qachon boshlanadi?
Jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi.

2025/2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qabul ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- birinchi bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida;
- ikkinchi bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohudud tashqarisida.
Qabul jarayonlari davlat xizmatlari orqali elektron shaklda amalga oshiriladi. 20-iyundan boshlab ota-onalar my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari kerak.
Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan aholi punktlarida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron tizimga adm.maktab.uz platformasi orqali kiritiladi. Ta’kidlanishicha, bu yil birinchi sinflarga 2018-yilning 31-dekabrigacha tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi maktabda dastlabki sinflardan birini pulli qilishga qaror qilingandi. Oyiga bir necha million so‘m evaziga o‘quvchilarni uch mahal ovqatlanish, qo‘shimcha mashg‘ulotlar va kechgacha to‘garaklar kutmoqda.
Izohlar