29 Mart 2025, 19:35 Oʻzbekiston

Benilyuks mamlakatlari O‘zbekistondan mehnat migrantlarini ishga jalb qiladi

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakillari va Niderlandiyaning Eurotalent rekruting agentligi direktori Tommi Kok o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi.

Benilyuks mamlakatlari O‘zbekistondan mehnat migrantlarini ishga jalb qiladi

Niderlandiya vakili O‘zbekistondan logistika va transport, qurilish va infratuzilmani rivojlantirish, texnologiyalar, mehmonxona biznesi va tibbiyot sohalarida malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari borligini bildirdi.

EuroTalens agentligi ishga jalb qilish jarayonining barcha bosqichlarini o‘z zimmasiga olishi, shu jumladan, shartnomalar, maosh hisob-kitoblari, turar joy va qonunchilikka rioya qilish, mutaxassislar ehtiyojlarini uzluksiz hal qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi qayd etildi.

Onlayn muzokaralar yakunida O‘zbekistondan Benilyuks mamlakatlariga mehnat migrantlarini qonuniy asosda ishga jalb etish bo‘yicha tegishli shartnoma imzolashga kelishib olindi.

Mashhur yangiliklar