Belarusning yangi elchisi Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi
Aleksandr Ogorodnikov Belarusning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ish boshladi.

Bugun, 8 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarusning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksandr Ogorodnikovdan ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Birinchi navbatda, vazir Ogorodnikovni O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchi lavozimiga tayinlangani bilan qutlagan.
“Aleksandr Ogorodnikov janoblarini Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaymiz”, deya yozgan vazir.
Shuningdek, u yangi elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgani va ikki o‘rtada kelajakdagi rejalar muhokama qilinganini ham bildirgan.
“Bugun Tashqi ishlar vazirligida elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik hamda hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik”, deya yozadi Saidov.
Qolaversa, vazir Ogorodnikovga O‘zbekistondagi yangi diplomatik missiyasiga muvaffaqiyatlar tilagan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar







