Belarusning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Aleksandr Ogorodnikov Belarusning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.
Aleksandr Ogorodnikov Belarusning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Aleksandr Lukashenko 14-yanvar kuni tegishli qaror qabul qildi.
U tayinlovga qadar 2022-yil may oyidan buyon sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Aleksandr Ogorodnikov Belarusning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida 2018-yil aprelidan buyon ishlab kelayotgan Leonid Marinich o‘rnini egallaydi.
Aleksandr Lukashenko yangi elchini tayinlar ekan, O‘zbekistonda faoliyat uchun katta maydon ochilayotganini ta’kidladi.
“Prezident Mirziyoyev bilan munosabatlarimiz yaxshi. Lekin ular bilan ishlash kerak. Ishonchim komilki, u yerda katta faoliyat maydoni bor”, dedi Belarus yetakchisi.
O‘zbekistondan tashqari, Belarusning Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiyadagi yangi elchilari ham tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg valiahd Buyuk gersogiga ishonch yorliqlarini topshirdi Ravshan Alimov O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi bo‘ldi Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi Ravshan Alimov Turkmaniston TIV rahbariga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi