23 Sentabr 2024, 17:55 Oʻzbekiston

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori etib tayinlandi

Shuningdek, agentlik hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi.

Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori etib tayinlandi

Prezident mamlakat oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini taʼkidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Agentlikka sobiq Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev unga rahbar etib tayinlanadi.

Agentlikka fuqarolarimizning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi.

Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.

Mashhur yangiliklar