25 Fevral 2025, 09:38 •Oʻzbekiston
Behzod Hamrayev Statistika agentligi direktori etib tayinlandi
Hamrayev 2020-yildan buyon Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

Behzod Hamrayev Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Hamrayev shu munosabat bilan Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Behzod Hamrayev 1983-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda 2016-yilda Yaponiyada Siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan. U ekonometrika va statistika bo‘yicha magistr darajasiga ega.
Behzod Hamrayev o‘z mehnat faoliyatini O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida boshlagan, Markaziy bank tizimida 2008-yildan buyon ishlaydi.
Hamrayev 2020-yildan buyon Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi vazifalari belgilandi
26 Aprel 2025, 11:42
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
26 Aprel 2025, 10:51
O‘zbekiston birinchi chorakda Xitoyga gaz eksportini 2,5 barobardan ko‘proqqa oshirdi
25 Aprel 2025, 18:49
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
25 Aprel 2025, 16:06
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz rejim tahdid ostida: o‘zbekistonliklar Dubayga kiritilmadi
25 Aprel 2025, 14:03
Shukrullo Isroilovga tegishli avtomobilni olib qochgan yigit qamaldi
25 Aprel 2025, 13:24
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi
25 Aprel 2025, 12:39
Bolaning oyog‘ini qaynoq suv bilan kuydirishgan bog‘cha noqonuniy ishlagani aniqlandi
25 Aprel 2025, 11:17