19 Iyul 2024, 11:17 Oʻzbekiston

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi

Bugun, 19-iyul kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod sudida Baxtiyor Qudratullayev va yana 36 nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqilmoqda.

“Baxti Tashkentskiy” 20 yilga qamaldi

Jinoyat olamida “qonundagi o‘g‘ri — Baxti Tashkentskiy” maqomini olgan Baxtiyor Qudratullayevga sud hukmi o‘qildi.

Sud hukmi bilan Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

10-iyul kungi sud majlisida prokuror 44 ta epizod boʻyicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy”ga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandi bilan oʻta xavfli retsidivist deb topishni hamda uning oʻgʻillariga nisbatan 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini soʻragan edi.

Mashhur yangiliklar