Basketbol federatsiyasi tomonidan qariyb 500 mln so‘m talon-taroj qilingani aniqlandi
Prokuratura organlari Basketbol federatsiyasida qariyb 500 mln so‘m talon-taroj qilinganini aniqladi.
Prokuratura organlari tomonidan sportni rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ijrosi yuzasidan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Basketbol federatsiyasi ijrochi direktori Y.S. ishlar boshqaruvchisi S.I. bilan jinoiy til biriktirib, S.I.ning onasi va ukasi nomiga “S.A.G.” MChJ tashkil qilgan. So‘ng sportchilar sog‘lig‘ini monitoring qilishga mo‘ljallangan 2 dona aslida yetkazib berilmagan maxsus uskunalar uchun federatsiyadan 197 mln so‘m mablag‘ni jamiyat hisobiga o‘tkazib, talon-toroj qilgan.
Shuningdek, federatsiyaning 1-vitse prezidenti X.G. federatsiyaga tegishli bo‘lgan korporativ plastik kartadan noqonuniy ravishda shaxsiy ehtiyojlari uchun 162 mln so‘m mablag‘ni yechib olib, o‘zlashtirgan.
Bundan tashqari, yuqoridagi mansabdor shaxslar tomonidan federatsiyaga go‘yoki homiylarni jalb qilish xizmatlarini ko‘rsatish haqida soxta shartnoma rasmiylashtirilib, federatsiyaning 130 mln so‘m mablag‘i shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflab yuborilgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazildi va sudning hukmi bilan aybdorlarga tegishli jazo choralari qo‘llanildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Xorazmda koʻmir uchun ajratilgan 301,1 mln soʻm talon-toroj qilindi Qo‘ng‘irotda 2,2 ming litr dizel talon-toroj qilinishining oldi olindi Namanganda 426 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo doʻkoni aniqlandi Samarqandda tadbirkorning 11,7 mlrd soʻmini oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi Sobiq vazir Aziz Voitov ustidan sud jarayoni 15 avgustda boshlanadi