29 Iyul 2024, 16:44 •Oʻzbekiston
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
Mazkur yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi. Ular bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun, quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) guruhiga turdosh hisoblanadi:
- Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha);
- professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha);
- xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha);
- xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha).
Shuningdek, vazirlik ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirilib, inobatga olinishini qo‘shimcha qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda kontrakt pulini to‘lash muddati belgilandi Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi OTMlardagi super kontrakt miqdori e’lon qilindi Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi O‘zbekistonda yangi o‘quv yilida yana 5 ta OTM ish boshlaydi
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53