Ayrim toshkentliklar vaqtincha gazsiz qoldi — manzillar
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

15-oktyabr kuni Toshkentning Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim joylarida gaz o‘chiriladi, deb xabar bermoqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati.
Gaz ta’minotining uzilishi rejali ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Quyidagi mahallalarda soat 10:00 dan 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
- Sergeli tumani — soat 10:00 dan 17:00 gacha, Nomdanak mahallasi;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — soat 10:00 dan 18:00 gacha, Chingeldi mahallasi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raldi.
Avvalroq O‘zbekistondagi gaz quyish shoxobchalari faoliyati real vaqt rejimida kuzatib borilishi haqida xabar berilgan edi. Tizim tabiiy gaz hisobini yuritadi, xodimlar faoliyatini nazorat qiladi va haydovchilarni nomaqbul yoqilg‘i haqida ogohlantiradi.
Izohlar