Ayrim shaxslarga temir yoʻl transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi
Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport turidan foydalanilishi mumkin.
Hukumat qarori [733-son, 04.11.2024-y.] bilan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga temir yoʻl transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar tanloviga koʻra temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.
Qayd etilishicha, borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yoʻl yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.
Shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘quv maskanlaridagi oshxonalar E-auksion orqali ijaraga beriladi O‘zbekistonda yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi O‘zbekistonda yerlar toifasiga o‘zgartirish kiritish tartibi tasdiqlandi Bu yil Toshkentga qo‘shimcha 1000 ta avtobus olib kelinadi Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi