12 Oktabr 2024, 18:47 Oʻzbekiston, Jahon

Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin

Prezident tomonidan “Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.

Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, Oʻzbekiston davlat chegarasini yorib oʻtish yoʻli bilan belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki Oʻzbekistonga kirish yoxud chegaradan oʻtish jinoyat tarkibini tashkil etadi.

Jinoyat protsessual kodeksi va Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarda, tergovga qadar tekshiruvni oʻtkazuvchi, shuningdek maʻmuriy yoʻl bilan ushlab turish vakolatiga ega subʻyekt DXXning Chegara qoʻshinlari ekanligi toʻgʻrisida aniqlik kiritilmoqda (ilgari chegarani qoʻriqlash organlari, chegara qoʻshinlari koʻrsatilgan).

Shu kabi aniqliklar quyidagi qonunlarga kiritilmoqda:

  • “Temiryoʻl transporti toʻgʻrisida”
  • “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”;
  • “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”;
  • Bojxona kodeksi.

Bundan tashqari, endilikda boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻzi haqida bila turib soxta maʻlumotlar bergan boʻlsa, qalbaki hujjatlarni taqdim etgan boʻlsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa yoxud biometrik maʻlumotlarni topshirishni rad etayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin.

Mashhur yangiliklar