7 Sentabr 2024, 13:19 Oʻzbekiston

Ayrim o‘qituvchilarga kabinet mudirligi uchun ham qo‘shimcha haq to‘lanadi

Maktablardagi ayrim o‘qituvchilarga kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Ayrim o‘qituvchilarga kabinet mudirligi uchun ham qo‘shimcha haq to‘lanadi

O‘zbekistonda fizika va kimyo fani o‘qituvchilariga kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim sohasida bir-birini takrorlovchi samarasiz xarajatlarni maqbullashtirish hamda davlat budjeti hisobidan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Maktablardagi laborant lavozimi tugatilib, fizika va kimyo fani o‘qituvchilaridan bir nafariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foiz miqdorida (525 ming so‘m) kabinet mudirligi uchun har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Mashhur yangiliklar