4-yanvar kuni O‘zbekistonda nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Toshkentda kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin), tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, Ustyurtda 11-13 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi) bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Joylarda tuman. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Joylarda tuman. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Joylarda tuman. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.






















