4 Yanvar 2025, 13:10 Oʻzbekiston

Ayrim fan o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi

Prezident farmoni bilan ayrim fan o‘qituvchilariga 1 yanvardan 50 foiz ustama beriladi.

Ayrim fan o‘qituvchilariga 50 foiz ustama beriladi

2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars beruvchi ona tili va adabiyoti hamda tarix fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu haqda Prezidentning 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarix, ona tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

Mashhur yangiliklar