19-yanvar kuni O‘zbekistonda sovuq ob-havo, ba’zi joylarda tuman tushishi, qor yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-3° sovuq, kunduzi 3-5° iliq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak. Qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.






















