17-yanvar kuni O‘zbekistonda sovuq ob-havo, ba’zi joylarda tuman tushishi, qor yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sharqqa o‘zgaruvchi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kechasi va kunduzi havo harorati 1-3° issiq bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat tunda va kunduzi 0-5° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Joylarda tuman. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi harorat 2° sovuqdan 3° iliqgacha, kunduzi esa 0-5° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va kunduzi harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.