“Ayab boqilgan, ko‘p ovqat yemaydi, ismi Muhammad”: Toshkentda uch yoshli bolani sotish to‘g‘risida e’lon berildi
Bolalar ombudsmani huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan birgalikda vaziyatni o‘rganmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda OLX servisining chaqaloq sotilishi haqidagi e’loni surati tarqaldi. Bolalar ombudsmani vaziyatga izoh berdi.
E’londa aytilishicha, Muhammad ismli uch yoshli bolaga yaxshi qaralgan, ko‘p ovqat yemaydi. E’lon payqab qolinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgach, o‘chirib tashlangan.
Bolalar ombudsmani idorasidan ma’lum qilishlaricha, IIB hodisa yuzasidan tergov boshlagan. Ish Bola huquqlari bo‘yicha vakil idorasi nazorati ostida.
Bolalar ombudsmani OLX platformasida bolaning sotilishi to‘g‘risidagi e’lonni bolaning hayoti va erkinligiga qarshi jinoiy harakat deb baholaydi va bunga qonun doirasida qat’iy va murosasiz ravishda chek qo‘yilishi kerak.
Izohlar