9 Yanvar 2025, 17:20 Oʻzbekiston

Avval Gulnora Karimovaniki bo‘lgan “Sijjak” oromgohi Kasaba uyushmasi tasarrufiga o‘tkazildi

Hukumatning 2024-yil 27-dekabrdagi qarori bilan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Avval Gulnora Karimovaniki bo‘lgan “Sijjak” oromgohi Kasaba uyushmasi tasarrufiga o‘tkazildi

Avval Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish maskani hukumat qarori bilan Kasaba uyushmasi tasarrufiga o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda qabul qilingan qarorga ko‘ra, ushbu dam olish masakani O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga topshirilgan dam olish zonalari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari ro‘yxatiga kiritildi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasiga mulk huquqi asosida o‘tkaziladigan bolalar dam olish oromgohlari va dam olish maskanlari ro‘yxati hukumatning 2023-yil 25-martdagi farmoyishi bilan tasdiqlangan.

Mashhur yangiliklar