18 Dekabr 2024, 15:18 Oʻzbekiston

Asakada er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Andijon viloyatida uch bolaning ota-onasi is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

Asakada er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda uch nafar farzandi bo‘lgan er-xotin ko‘mirdan chiqqan is gazidan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Asaka tumani hokimligi bu ma’lumotni tasdiqladi.

Aniqlanishicha, IIB navbatchilik qismining xabariga ko‘ra, 7-dekabr soat 9:20 lar atrofida Asaka tumani, Uchtosh ko‘chasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. va uning 1986-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i M.A.ning jasadi yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechiga solingan ko‘mir yoqilg‘isidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanish a’lomatlari bilan topilgan.

Hodisa joyi tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar