O‘zbekiston

AQSHdan O‘zbekistonga o‘nlab fuqarolar deportatsiya qilindi

AQSH O‘zbekiston hukumatiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

7-sentyabr kuni AQSH hududida noqonuniy yashagan 39 nafar fuqaro O‘zbekistonga deportatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Amerika elchixonasi matbuot xizmati.

Reys AQShning o‘z chegaralari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davom etayotgan qator harakatlarida navbatdagi qadam bo‘ldi. Shu bilan birga, elchixona xabarida ta’kidlanishicha, AQSH “deportatsiya bo‘yicha operatsiyalarni tashkil etish va o‘tkazishda yaqindan hamkorlik qilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga chuqur minnatdorchiligini yana bir bor tasdiqlaydi”.

AQSH noqonuniy immigratsiyaga chek qo‘yish, mamlakat va o‘z fuqarolari chegaralarini himoya qilish maqsadlariga sodiqdir. Shtatlarga noqonuniy kirgan shaxslar qamoqqa olinadi va deportatsiya qilinadi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgan minglab muhojirlar Rossiyadan deportatsiya qilingandi. Shuningdek, qonunchilikni buzganlik uchun hukumat 790 kishini fuqarolikdan mahrum qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная