O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov o‘zbekistonliklar uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda viza olishni osonlashtirish uchun muntazam choralar ko‘rilmoqda, ammo natijaga erishish oson emas. Aynan qanday viza rejimi joriy etilishi va qanday shartlar belgilanishi Amerikaning ichki siyosatiga bog‘liq. Nafaqat AQSH, balki Braziliya, Kanada va boshqa davlatlar bo‘yicha ham doimiy muzokaralar olib borilmoqda.
Furqat Siddiqov bugungi kunda O‘zbekiston-AQSH munosabatlari tarixiy cho‘qqiga chiqqanini ta’kidladi. U ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
O‘tgan yilning o‘zida O‘zbekiston va AQSH prezidentlari to‘rt marta uchrashuv o‘tkazdi: ikki marta telefon orqali va ikki marta yuzma-yuz — Nyu-York va Vashingtonda. Bu keng ko‘lamli kelishuvlarga erishish imkonini berdi. Bu Amerika hukumatining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, mamlakat salohiyatiga qiziqishi va biz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ko‘rsatadi, — dedi diplomat.
Furqat Siddiqov 2026-yil yanvar oyi oxiridan boshlab O‘zbekistonda AQSH fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etilishini ma’lum qildi. Bu esa okean ortidan keladigan sayyohlar sonini 3 barobarga oshirishi kutilmoqda.
Avvalroq AQSH O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi cheklovlar joriy etishi haqida xabar berilgandi. Avvalroq rasmiy Toshkent viza talablarini liberallashtirishga umid bildirgandi.























