AQShda noqonuniy migratsiyaga yordam beruvchilarga viza cheklovlari joriy qilindi
AQSh hukumati Qo‘shma Shtatlarga mamlakatga noqonuniy migratsiya tashkilotchisi bo‘lgan shaxslarga nisbatan viza cheklovini joriy qildi.

AQSh Davlat departamenti AQShga noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashuvchi va undan foyda oluvchi shaxslarga nisbatan viza cheklovlari joriy etilishini e’lon qildi.
Endi AQShga kirishga urinayotgan noqonuniy muhojirlarga xizmat ko‘rsatuvchi sayyohlik agentliklari va turoperatorlar rahbarlariga ham viza cheklovlari tatbiq etiladi.
Biz G‘arbiy yarimsharda va undan tashqarida ekspluatatsiya qilish amaliyotiga barham berish bo‘yicha yanada kengroq kampaniyamiz doirasida, hukumat va xususiy sektordagi sheriklar bilan hamkorlikda transport kompaniyalarining insofsiz rahbarlariga qarshi viza cheklovlaridan foydalanishda davom etamiz. Hech kim — kontrabandachilar ham, xususiy kompaniyalar ham, davlat amaldorlari ham, boshqa har kim ham zaif migrantlardan foyda ko‘rmasligi kerak, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Iyun oyida AQSh prezidenti Jo Bayden AQShning Meksika bilan chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgan muhojirlarga boshpana berishni taqiqlovchi farmonni imzoladi. Oq uyning hisoblashicha, bu choralar AQShda bo‘lish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni chiqarib yuborishni osonlashtiradi.
Мавзуга оид хабарлар:
AQShdan deport qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi AQSh O‘zbekiston fuqarolarini Panamaga deport qildi — NYT Bahodir Jalolovning jangi kichik uchuq sabab bekor qilindi O‘zbekiston afg‘on harbiylari olib o‘tgan vertolyotlarning bir qanchasini AQShga qaytargan
Soʻnggi yangiliklar







