17 Yanvar 2025, 19:36 Oʻzbekiston

Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Marhamat tumanida katta tezlikda harakatlangan Spark yo‘l chetidagi daraxtga borib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Andijon viloyati Marhamat tumanida katta tezlikda harakatlangan Spark yo‘l chetidagi daraxtga borib urildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmaci matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 8 yanvar kuni soat 21:35 larda Andijon viloyati Marhamat tumani “Alitepa” MFY hududidan o‘tuvchi D-140 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi B.K. Spark rusumli avtomobilda katta tezlikda harakatlangan va rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga to‘qnashgan.

Bildirilishicha, mazkur YTH oqibatida vafot yetgan va tan jarohati olganlar bor. Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar