10 Sentabr 2024, 16:57 Oʻzbekiston

Andijondagi tugʻuruqxonada homilador ayol vafot etgani aytildi

Andijon viloyatida shifokorlar xatosi sabab homilador ayol vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Andijondagi tugʻuruqxonada homilador ayol vafot etgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. SSV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, shundan so‘ng mazkur holat to‘liq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida maxsus ishchi guruh tomonidan tezkor o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish taqozo qilingani sababli ekspertlarning dastlabki xulosalari hamda tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi. Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Mashhur yangiliklar