24 Avgust 2024, 14:58 •Oʻzbekiston
Andijondagi bog‘chada bolalarni nazoratsiz qoldirgan tarbiyachi ishdan olindi
Marhamat tumanidagi bog‘chada tarbiyalanuvchilarni nazoratsiz qoldirgan bog‘cha opa ishdan bo‘shatildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida bog‘cha tarbiyalanuvchisining kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 16 avgust kuni Marhamat tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bolalarni qisqa muddatga nazoratsiz qoldirgan vaqtida yuz bergan. 2023 yilda tug‘ilgan R.G. ismli qiz bolani boshqa tarbiyalanuvchi bola o‘zaro tortishuvda tishlab olgan.
Mazkur holatda bolalar parvarishiga yetarlicha e’tibor bermay, ularni nazorat qilmaganligi sababli bog‘cha tarbiyachisi T.Sh. lavozimidan ozod etilgan.
Hozirda 1 yoshli R.G. ning ahvoli ijobiy bo‘lib, sog‘lig‘i uchun hech bir xavf mavjud emas.
Мавзуга оид хабарлар:
Bog‘chada kobralar bilan tomosha ko‘rsatilishiga aloqador shaxslarga chora ko‘rildi Bog‘chada bolalarga zaharli ilonlar bilan tomosha ko‘rsatildi Ikki viloyatda “valyutchik”lar ushlandi Andijondagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi Andijon tumani sobiq hokimi yana rahbarlik lavozimini egalladi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
23 Yanvar 2025, 18:57Samarqandda 359,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
23 Yanvar 2025, 18:21Endi migrantlar ham ipoteka krediti olishi mumkin bo‘ladi
23 Yanvar 2025, 17:40Jizzaxda kanal bo‘yidagi 13 tup tut daraxti kesib ketildi
23 Yanvar 2025, 17:02“O‘zkimyosanoat” rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
23 Yanvar 2025, 16:32Xorazm va Buxoroda “valyutchik”lar ushlandi
23 Yanvar 2025, 15:43Toshkent viloyatida litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgan MChJlar jarimaga tortildi
23 Yanvar 2025, 15:05Turkiyada terakt sodir qilgan o‘zbekistonlikka tayinlangan jazo oʻz kuchida qoldi
23 Yanvar 2025, 14:27