8 Aprel 2025, 15:19 Oʻzbekiston

Andijonda yuk mashinasi turar joy binosiga borib urildi — video

YTHga transport vositasining tormozi ishlamay qolgani sabab boʻlgan, haydovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Andijonda yuk mashinasi turar joy binosiga borib urildi — video

8-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasi turar joy binosiga urilgani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyati YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, hodisa soat 13:10 da Andijonning Asaka tumani “Yangisor” mahallasida sodir boʻlgan. Harakat davomida “ZIL” yuk mashinasining tormozi ishdan chiqqan va haydovchi turar joy binosiga borib urilgan. YTH oqibatida haydovchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolardan haydovchidan tashqari hech kim jabrlanmagan. IIB xodimlari tergovni boshladilar. Fuqarolardan avtomobillarning texnik holatini oʻz vaqtida tekshirish soʻraldi.

Mashhur yangiliklar