Andijonda tadbirkorga kredit bermagan bankdan 200 mln so‘m undirildi
Andijon viloyatida MIB tadbirkorga kredit mablag‘ini berishdan bosh tortgan bankdan 200 mln so‘m undirib berdi.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida kredit mablag‘ini berishdan bosh tortgan bank tadbirkorga 200 million so‘m to‘ladi. Bu haqda “Daryo”xabar berdi.
Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan iyul oyida tadbirkorga 3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini berishdan bosh tortgan bankning avtomashinasi xatlab qo‘yilgan edi.
Sudning ijro hujjatiga ko‘ra, bank hisobidan “J.S.F.” MChJga 200 mln so‘m undirilishi ko‘rsatilgan. Bankning hududiy filiali tomonidan “J.S.F.” MChJ bilan kredit shartnomasi tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra tadbirkorga 3 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilishi belgilangan. Biroq yuqori turuvchi bank muassasasi tartib-taomillariga muvofiq, ushbu mablag‘lar tadbirkorga berilmagan.
Biznes rejasini kredit mablag‘laridan amalga oshirishni ko‘zlagan tadbirkor esa bu orada foydani boy berib, zararga kirgan. Shunga ko‘ra, sud orqali o‘ziga yetkazilgan zararni undirib berilishini so‘ragan.
Sud qarori ijrosini taʼminlash maqsadida bank masʼullari ogohlantirilib, bank balansida bo‘lgan Onix avtomashinasi xatlab qo‘yildi. Bank yetkazilgan zarar pullarini tadbirkorga to‘lab bermasa, xatlangan Onix sotilib, zarar pullari tadbirkorga undirib beriladigan bo‘ldi.
Mazkur sud qarori bo‘yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida bankdan tadbirkorga 200 mln so‘m zarar pullari to‘liq undirib berilishi taʼminlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi Andijondagi xonadonlarda 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi