Andijonda sudya katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi
Erkak nufuzli tanishlari orqali fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishlash uchun yuborishni va’da qilgan.

Andijon viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari hakamlik sudi sudyasini katta miqdorda pora olayotganda qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Sudya o‘zining nufuzli tanishlari orqali ikki fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishga yuborishni va’da qilib, buning uchun 15 ming dollar talab qilgan. Jarayonni tezlashtirish uchun u oldindan 4,1 ming dollar olgan. Biroq erkak va’dasini bajara olmagan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni olingan pulning bir qismini qaytarayotganda qo‘lga olishdi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Ko‘p miqdorda firibgarlik) va 28-211-moddasi 2-qismi “b” bandi (Ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Uni qamoqqa olishdi. Aybdor 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Soliq boshqarmasi bosh inspektori pora bilan qo‘lga tushgandi. Ayblanuvchi to‘qimachilik kompaniyasi rahbariga hisoblangan soliqni bekor qilishga va’da bergan.
Izohlar