Andijonda sex tashkil qilgan fuqaro 6,7 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Andijon shahrida alyumin mahsulotini qayta ishlab chiqarish sexi 6,7 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Xabar berilishicha, holat “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan.
Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “B.S.Z.” MCHJ huddudida fuqaro Y.A. ijara asosida alyumin mahsulotini qayta ishlash sexi tashkil etib, hujjatlarsiz, toʻgridan toʻgʻri gaz tarmogʻiga ulangan.
Ushbu qoidabuzarlik holati boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga 6 milliard 782 million soʻm zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi AI-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan “zapravka”larga chora ko’rildi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi Jizzaxda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi