Andijonda ota farzandlari uchun 19 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi
Undiruvchi ayol 4 nafar farzandi voyaga yetgungacha boʻlgan aliment pullari oldindan toʻlab berilgani bois ijro ishi tamomlanishini soʻragan.

Andijon viloyatining Andijon tumanida yashovchi ota farzandlari uchun 19 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosining Andijon tuman boʻlimi axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudi buyrugʻiga asosan qarzdor T.I.dan undiruvchi M.I. foydasiga 4 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan. Shunga muvofiq, Byuroning Andijon tuman boʻlimi xodimlari tegishli ijro harakatlarini olib borgan va qarzdor shu kunga qadar aliment pullarini vaqtida toʻlab kelgan.
Ijro harakatlari davomida, taraflar bilan suhbat jarayonida qarzdor aliment toʻlovlarini oldindan toʻlab berishini maʼlum qilgan. Undiruvchi ayol esa bunga xayrixohlik bildirgan.
Taraflar oʻrtasida kelishuvga erishilib, ota farzandlari voyaga yetgunga qadar boʻlgan aliment toʻlovlari uchun oldindan 19 ming dollar, yaʼni qariyb 250 million soʻm miqdoridagi pullarni undiruvchi M.I.ga toʻlab bergan. Undiruvchi M.I. farzandlari voyaga yetgungacha boʻlgan aliment pullari hisobiga ushbu pullarni qabul qilganini bildirib, ijro ishi tamomlanishini soʻragan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in yuz berdi Namanganda 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari yo‘q qilindi Andijondagi bog‘cha 226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi 2 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Andijonda “Nexia-3” bilan toʻqnashgan “Damas” zovurga agʻdarilib ketdi
Soʻnggi yangiliklar







