19 Oktabr 2024, 12:10 Oʻzbekiston

Andijonda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida o‘zganing nomiga 21,5 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs qo‘lga olindi.

Andijonda o‘zganing nomiga onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi

Xorazm viloyatida yashovchi O.S. ichki ishlar organiga murojaat qilib, ularning nomiga nomaʼlum sabablarga ko‘ra 21,5 mln so‘m onlayn kredit olinib, pullari o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi Q.B. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Q.B. jabrlanuvchi O.S. bilan Telegram orqali tanishib, unga Uzum Nasiya platformasi orqali onlayn kredit olib berishini aytgan.

So‘ng uning nomidan ro‘yxatdan o‘tib, 21,5 mln so‘m kredit mablag‘ini rasmiylashtirib, pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Q.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mashhur yangiliklar