25 Oktabr 2024, 14:21 Oʻzbekiston

Andijonda nosozlik sabab o‘nlab elektr hisoblagichlari yonib ketdi

Andijonda transformatordagi nosozlik sabab 20 ta xonadon elektrdan vaqtincha uzilib qoldi.

Andijonda nosozlik sabab o‘nlab elektr hisoblagichlari yonib ketdi

Andijon tumanida 23-oktabr kuni 20 ta xonadon elektr ta’minotidan vaqtincha uzildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 20:00 atrofida Intilish mahallasini chiroq bilan ta’minlovchi podstansiyaning transformator punktida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Oqibatda ayrim xonadonlar hisoblagichlarida nosozlik yuzaga kelgan va elektr energiyasidan favqulodda uzilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yo‘l bo‘yidagi qator elektr hisoblagichlari yonayotgani, chaqnash ovozlari eshitilganini ko‘rish mumkin.

24-oktabr kuni ertalab HET Andijon hududiy filiali hisoblagichi zarar ko‘rgan xonadonlarga yangi hisoblagichlar o‘rnatish hamda ta’mirlash ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Mashhur yangiliklar