
Andijonda noqonuniy ziyorat turlarini tashkil etishda gumonlangan ayol qoʻlga olindi
Gumonlanuvchi oʻz xizmatlarini 15 ming dollarga baholagan.

Andijon viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan noqonuniy ziyorat turlarini tashkil etishda gumonlanayotgan ayol qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, Baliqchi tumanida yashovchi ayol ikki tanishiga 15 ming dollar evaziga turistik kompaniya orqali Haj ziyoratini tashkillashtirib berishni vaʼda qilgan. Huquq-tartibot idoralariga koʻra, ayol bunday turlarni oʻtkazish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan.
Gumonlanuvchi oldindan toʻlov sifatida ming dollar olishga ulgurgan. Tartib posbonlari unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatib, ayolning harakatlaridan jabr koʻrishi mumkin boʻlgan barcha aholini ichki ishlar boʻlimiga yoki 102 raqamiga murojaat qilishga chaqirgan.
Soʻnggi yangiliklar







