10 Sentabr 2024, 10:47 •Oʻzbekiston
Andijonda maktab o‘quvchisi sinfdoshini kaltakladi
Asaka tumanidagi maktablardan birida o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani 34-IDUMda o‘quvchi maktabdoshini kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirib, holat o‘rganilayotganini maʼlum qilgandi.
Bolalar ombudsmanining xabar berishicha, maktabning 9-sinf o‘quvchilari A.X. va M.R. (2009-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar) o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqib, A.X. M.R. ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Vaziyat yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha maʼlumot beriladi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53