20 Noyabr 2024, 08:53 Oʻzbekiston

Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi

Oldindan toʻlangan aliment sabab undiruvchining arizasiga muvofiq ijro ishi tamomlandi.

Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida aliment uchun 2 800 AQSH dollari berildi, deb xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Xoʻjaobod tumanlararo sudining 2009-yil 29-iyuldagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.A.dan undiruvchi M.T.foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun har oy topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish koʻrsatilgan.

Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ijro ishi boʻyicha qarzdor A.A. tomonidan belgilangan aliment pullari ixtiyoriy ravishda oyma-oy toʻliq toʻlab kelingan.

Qarzdor A.A. farzandi kelgusi yilda voyaga yetishini maʼlum qilib, aliment pullarini oldindan toʻlash niyatini bildirgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor A.A. aliment uchun oldindan toʻlov sifatida olib kelgan 2 800 dollar undiruvchi M.T.ga topshirilgan.

Oldindan toʻlangan aliment sabab undiruvchining arizasiga muvofiq ijro ishi tamomlandi, deyiladi MIB xabarida.

Mashhur yangiliklar