7 Aprel 2025, 10:29 Oʻzbekiston

Andijonda elektr podstansiyasida yongʻin sodir boʻldi — video

Qutqaruvchilar yongʻinni oʻchirdi, hech kim jabrlanmadi, mutaxassislar shikastlangan texnikani taʼmirlashni boshladi.

Andijonda elektr podstansiyasida yongʻin sodir boʻldi — video

6-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida sodir boʻlgan yongʻin videosi tarqaldi. Viloyat FVB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum boʻlishicha, yongʻin soat 19:58 da Andijon tumanidagi “Adirlik” podstansiyasi tarmogʻi hisoblangan “Serfayz” elektr uzatish tarmogʻining 478-podstansiyasida sodir boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, transformatorlardan biri yonib ketgan. FVV xodimlari yongʻinni oʻchirishgan, hech kim jabrlanmagan. Hozirda yongʻin sabablari aniqlanib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar