14 Dekabr 2024, 16:14 Oʻzbekiston

Andijonda Damas muzlama sabab YTHga uchradi

Andijon shahrida Damas yo‘ldagi muzlama tufayli rul boshqaruvini yo‘qotib, halokatga uchradi.

Andijonda Damas muzlama sabab YTHga uchradi

12-dekabr kuni soat 02:18 larda, Andijon shahar Maydon ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

1995-yilda tug‘ilgan haydovchi A.R. Damas mashinasini boshqarib kelayotgan vaqtida, yo‘lning 300 metr oralig‘ida muzlama hosil bo‘lganligi tufayli rul boshqaruvini yo‘qotib, qatnov qismidan chiqib ketib to‘siqqa borib urilgan.

Hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetkazilmagan, mashina texnik shikastlangan.

Mashhur yangiliklar