Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur haykali ko‘chirilishi mumkin. Bu vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborilgan “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasida keltirilgan.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning ma’lum qilishicha, qarorning 16-bandida shunday taklif aks etgan:
“Zahiriddin Muhammad Bobur haykalini Andijon shahridagi “Registon” maydoniga ko‘chirish, buning hisobiga bo‘shaydigan 1,2 gektar yer uchastkasida 2 ta 20 va 16 qavatli turar joy majmuasi barpo etilishini hamda 90 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya mablag‘lari kiritilishini ta’minlash”.
Shuningdek, viloyat hokimligi taklifi bilan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ining 10,7 gektar qismida Andijon city ishbilarmonlik markazi, 19 ta 18 qavatli hamda 7 ta 28 qavatdan yuqori turar joy va xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijondagi xonadonlarda 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi Shuhrat Abdurahmonov Andijon hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi