8 Oktabr 2024, 08:51 Oʻzbekiston

Andijonda 567,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Andijonda 567,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Andijon viloyatida elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatib, 567,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumanida faoliyat yuritayotgan “Z.” qarashli choyxonaning elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida 567,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mashhur yangiliklar