Andijonda 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi
YHXBga koʻra, ushbu YTH oqibatida tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslar bor.

Andijon viloyatida 21-fevral kuni toʻrtta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 21-fevral kuni soat 22:10 larda Andijon tumani “Ming oʻrik” MFY hududida sodir boʻlgan. Asaka—Andijon yoʻnalishi boʻylab katta tezlikda harakatlanib kelayotgan “Nexia-3” oraliq masofani saqlamasdan oʻzidan oldinda, chorrahadan ortga qayrilib olmoqchi boʻlgan boshqa bir “Nexia-3”ning orqasidan borib urilgan.
Zarba oqibatida rul boshqaruvini yoʻqotgan “Nexia-3” qarama-qarshi tomondan chiqib ketib, “Labo” hamda SWM G01 rusumli avtomashinalar bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
YHXBga koʻra, ushbu YTH oqibatida tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslar bor.
Hozirda mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in yuz berdi Navoiyda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi Andijondagi bog‘cha 226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Surxondaryoda “peshexod”dan o‘tayotgan 8 yoshli bolani mashina urib yubordi
Soʻnggi yangiliklar







