28 Dekabr 2024, 11:08 Oʻzbekiston

Andijonda 380 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Andijon shahrida 380 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi.

Andijonda 380 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.

Unda, Andijon shahrida joylashgan “R. I.” MChJga qarashli oshxonada hech qanday hujjatlarsiz, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga 380 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mashhur yangiliklar