Andijonda 2 ta “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita “zapravka” jami 8 mlrd 921 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Andijon viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Xususan, Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “J.M.S.” MCHJ ga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining gaz hisoblagichning kamera qismidagi ichki detallar davlat standartlari talablariga nomuvofiq bo‘lgan. AGTKSH jami 4 mlrd 78 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahridagi “Sh.G.A.V.” MCHJga qarashli “zapravka”da ham xuddi shunday noqonuniy qurilma bo‘lgan.U jami 4 mlrd 843 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi quriladi Andijondagi xonadonlarda 200 dan ortiq suyultirilgan gaz ballon noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi Andijonda 9 yoshli qizcha Damas bosib qolishi oqibatida halok bo‘ldi