2 Aprel 2025, 20:30 Oʻzbekiston

Andijon viloyatida Cobalt avtomobili tartibga solingan oʻtish joyida oʻsmirni urib yubordi

Hodisa oqibatida oʻsmir turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Andijon viloyatida Cobalt avtomobili tartibga solingan oʻtish joyida oʻsmirni urib yubordi

30-mart kuni Andijon viloyatida Cobalt haydovchisi voyaga yetmagan piyodani urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat IIB YHXX.

Maʼlumotlarga koʻra, YTH Xoʻjaobod tumanidagi A-373 avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan. 16 yoshli oʻsmir svetoforning yashil chirogʻida tartibga solingan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtgan. Shu payt uni Cobalt haydovchisi urib yuborgan. Hodisa oqibatida oʻsmir turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari surishtiruv olib borishmoqda.

Taʼkidlash joizki, hodisa kuppa-kunduzi sodir boʻlgan, haydovchiga piyodalar oʻtish joyi toʻgʻrisidagi belgini, chizilgan “zebra”ni va hatto tezlikni kamaytirish kerakligini bildiruvchi bolaning kartondan yasalgan siluetini koʻrishga hech narsa xalaqit bermagan.

Mashhur yangiliklar