Andijon viloyati prokurori “Hududgaztaʼminot” AJ rahbari boʻldi
Kompaniya ochilganidan buyon unga Bahodir Eshmuratov raislik qilib kelayotgandi.

Maʼruf Maqsudovich Xoʻjayev “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Maʼruf Xoʻjayev bunga qadar 2023-yilning avgustidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Faoliyati davomida u Transport prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.
Yangi lavozimda u 2019-yilning iyuli — kompaniya ochilishidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Bahodir Eshmuratovning oʻrnini egalladi. Uning qanday lavozimni egallagani hozircha nomaʼlum.
Shuningdek, Nabiyev Fitratullo Neymatulla oʻgʻli Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti direktori boʻldi. U bunga qadar vazirlikning Yigʻma axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda tadbirkor 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi “Hududgaztaʼminot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi “Hududgazta’minot” raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar







