Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ulug‘bek Rahimov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Ulug‘bek Odashevich Rahimov Andijon viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Ulug‘bek Rahimov bir paytda viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi ham hisoblanadi. Tayinlovga qadar u viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.
Hokim o‘rinbosari 1971-yili Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya instituti va prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida taxsil olgan.
Xizmat faoliyatini 1994-yili Yoshlar ittifoqining Paxtaobod tumani qo‘mitasida boshlagan. 2000-yildan to shu kunga qadar qishloq xo‘jaligi sohasining turli yo‘nalishlarida xizmat qilib kelgan.
Rahimov mazkur lavozimda 2023−2024-yillarda ishlagan Avazbek Ergashev o‘rnini egalladi. U dekabr oyi oxirida 58 yoshida vafot etgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda 620 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi Andijonda ota farzandlari uchun 19 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi Andijonda erkak xotinini pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda G‘ayrat Nasirov Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar







